Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy trening o‘tkazildi
2025-yil 20-oktabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holatlarning oldini olishga bag‘ishlangan amaliy trening tashkil etildi. Tadbirni Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori, kapitan A. Axmedov olib bordi.

Trening davomida ishtirokchilarga binolar xavfsizligini ta’minlash, yong‘in sodir bo‘lishining oldini olish, yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda evakuatsiya tartibi bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida xodimlar o‘zlariga berilgan bilim va ko‘nikmalarni amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlashdi.
20.10.2025
219